Jahon | 07:44 / 29.07.2018
6115
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi

Foto: AFP/Getty Images

Indoneziyaning gavjum Lombok orolida 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh geologik xizmati ma'lum qildi. 

Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 6.47da sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Bali oroli yaqinidagi Rinjani vulqoni yonida qayd qilingan. Zilzila o‘chog‘i 7,5 km chuqurlikda bo‘lgan. 

Orolda 3 mlndan ko‘proq odam yashaydi. Ayni vaqtda talofatlar va jabrlanuvchilar haqida ma'lumot berilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid