Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Volgogradda arzon pitssa uchun ulkan navbat yuzaga keldi
Rossiyaning Volgograd shahri tumanlaridan birida aksiya bo‘yicha arzon pitssa uchun turnaqator navbat yuzaga keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hattoki pitssa uchun navbatdagi o‘rinlar sotilishi haqida e'lonlar paydo bo‘lgan.
Bunga esa pitssa sotuvchi tarmoqning yangi shoxobchasi ochilgani sabab bo‘lgan. Yangi shoxobcha ochilishi kuni 3 mingta pepperoni pitssasi tayyorlashga qaror qilgan. Biroq e'tiborlisi, pitstseriya aksiya doirasida odatda 365 rubl turuvchi pitssani 100 rubldan sotishini aytgan. Pitstseriyada 3 mingta pitssa pishirib bo‘lingach, aksiya yakunlanishi aytilgan.
Shaharliklar shu munosabat bilan arzon pitssa uchun pitstseriya ochiladigan vaqt – soat 8:00dan navbatga tura boshlashgan.
Pitstseriya bir odamga sotiladigan pitssa soni bo‘yicha cheklov kiritmagan. Ma'lum qilinishicha, ba'zilar, 5 ta, 10 ta va hattoki 20 talab pitssa xarid qilishgan. Shuningdek, navbatdagi o‘rinni sotish bo‘yicha ham takliflar paydo bo‘lgan, biroq bundan kimdir foydalangani ma'lum qilinmagan.
Pitstseriya vakillarining ma'lum qilishicha, soat 14:00ga kelib 1500 ta pitssa sotib bo‘lingan.
Mavzuga oid
11:34 / 10.01.2026
Volgograd viloyatida dron hujumidan so‘ng neft bazasi yonmoqda
09:13 / 07.11.2025
Volgograd NQZ ishi to‘xtadi: dronlar CDU va gidrokreking qurilmasini shikastladi
15:16 / 01.05.2025
Putin Volgograd aeroporti nomini "Stalingrad"ga o‘zgartirdi
13:29 / 05.04.2025