Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyaliklarning aksariyati Tereza Meydan norozi
Buyuk Britaniyaning aksariyat fuqarolari (74%) Birlashgan Qirollik bosh vaziri Tereza Meyning ishidan noroziligini bildirdilar, deya xabar beradi Sky News telekanali o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslanib.
Britaniyaliklarning faqatgina 24 foizi Meyning Buyuk Britaniya hukumati boshlig‘i sifatida ishidan mamnun ekanini aytdi.
Tadqiqotning ko‘rsatishicha, hukumat Brexit’ga bo‘lgan ishonchga putur yetkazmoqda. Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishga ovoz bergan saylovchilarning aksariyati, aholining uchdan ikki qismi Brexit bo‘yicha muzokaralarni Buyuk Britaniya uchun «yomon», deb atadi.
Xususan, britaniyaliklarning 78%i hukumat Brexit bo‘yicha muzokaralarni olib borayotganini, 10% esa, muzokaralar yaxshi o‘tayotganiga ishonishini ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, fuqarolarning yarmi (50%) Brexit masalasi bo‘yicha qayta referendum o‘tkazish zarurligiga ishonch bildirdi. Shu bilan birga, respondentlarning 40 foizi referendumga ehtiyoj yo‘qligini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya yangi tashqi ishlar vaziri qaysi davlat bilan munosabatlar yanada mustahkamlanishini aytgandi.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026