Buyuk Britaniya yangi tashqi ishlar vaziri Jyeremi Xantning ma'lum qilishicha, London Pekin bilan munosabatlarni mustahkamlashga intilmoqda. Bu haqda The Straits Times xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya mamlakat Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi munosabati bilan Xitoy bilan munosabatlarni mustahkamlash niyatida.
Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, London Brexit tufayli dunyoga yanada ochiq bo‘ladi.
Xantning bildirishicha, Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang I bilan muzokara olib borish uchun Pekinga jo‘nab ketmoqda.

















