Jamiyat | 10:22 / 30.07.2018
5301
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada transformator o‘g‘rilari qo‘lga olindi

Illyustrativ foto/ Sputnik

Farg‘ona viloyatining Quvasoy tumanida shu yil 25 iyul kuni noma'lum shaxs “Isfayramsoy” MFY Ibrat ko‘chasiga o‘rnatilgan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari” korxonasiga tegishli umumiy qiymati 18 mln so‘mdan ziyod narxdagi “KTPM” rusumli transformatorini o‘g‘irlab ketgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Farg‘ona shahrida yashovchilar S.Yu. va J.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid