O‘zbekiston | 08:18 / 30.07.2018
5789
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmanistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Foto: UzReport

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov mamlakatning O‘zbekistondagi yangi favqulodda va muxtor elchisini tayinladi.

Turkmaniston prezidentining farmoniga ko‘ra, Yazguli Mammedov Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi.

Bundan oldin u Turkmanistonning Malayziya, Bruney-Dorussalom Davlati, Indoneziya va Tailanddagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimini egallagan.

Boshqa bir farmon bilan Shiri Shiriyev Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan ozod etildi.

Mavzuga oid