Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga o‘qishga kelganlar soni oshdi: Hindiston va Turkmaniston yetakchi
2025 yilda 39,7 ming nafar chet el fuqarosi ta’lim olish maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 58,2 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil davomida O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan chet el fuqarolari soni 39,7 ming nafarni tashkil etgan. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 58,2 foizga yuqori.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekistonga o‘qish maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar soni mamlakatlar kesimida quyidagicha taqsimlangan:
- Hindiston — 17 241 nafar;
- Turkmaniston — 9 349 nafar;
- Tojikiston — 2 904 nafar;
- Pokiston — 1 779 nafar;
- Xitoy — 1 428 nafar;
- Janubiy Koreya — 917 nafar;
- Qirg‘iziston — 912 nafar;
- Misr — 893 nafar;
- Filippin — 745 nafar;
- AQSh — 482 nafar;
- boshqa davlatlar — 3 011 nafar.
Dastlabki ma’lumotlar xorijiy talabalar oqimida eng katta ulush Hindiston va Turkmaniston fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
08:54 / 04.03.2026
Hindistonda sud mojarosi: AI to‘qib chiqargan qarorlar ishda asos bo‘lgan
20:29 / 02.03.2026
Erondagi o‘zbekistonliklarga Turkmaniston orqali chiqishga ko‘maklashiladi
22:48 / 15.02.2026
Qirg‘iziston ortidan Turkmanistonda ham milliy xavfsizlik rahbari almashtirildi
13:09 / 09.02.2026