Jahon | 10:02 / 31.07.2018
2694
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya: BREXIT masalasida kelishmaslik Fransiya va Avstriyaga qimmatga tushadi

Foto: REUTERS/Jason Lee

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jyeremi Hant BREXIT masalasini hal etish maqsadida Parij va Venaga yo‘l olmoqda. Uning aytishicha, o‘tish davrida amalga oshmagan muzokaralar keyinchalik Yevroittifoq va Britaniya uchun katta tovonga aylanadi. 

Dushanba kuni Xitoyda mehmon bo‘lgan Britaniya Tashqi ishlar vaziri post-BREXIT davrida Pekin bilan erkin savdo aloqalari bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Ayni paytda Vashington bilan jiddiy savdo urushiga kirishib qolgan Xitoy uchun AQSh ittifoqdoshi hisoblangan Buyuk Britaniya bilan savdo aloqalarni rivojlantirish ancha foydali ko‘rinmoqda. 

Jyeremi Hant Xitoy safaridan so‘ng, Fransiya va Avstriyadagi hamkasblari bilan uchrashishi rejalashtirilgan. Britaniya tashqi siyosiy mahkamasi rahbari mamlakat Bosh vaziri Tereza Mey tomonidan taklif etilgan BREXIT kelishuvini qit'adoshlariga batafsil tushuntirib bermoqchi. 

«Men Parij va Venadagi hamkasblarimga biz taklif etayotgan kelishuvlar mohiyatini tushuntirib bermoqchiman. Agar takliflar qabul qilinmasa, to‘satdan hech vaqoga erishmay, oqibatda bunday kelishmaslik Fransiya va Avstriyaga qimmatga tushishish mumkin», deydi Hant. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya 2019 yil 29 mart kuniga qadar Yevroittifoq tarkibidan chiqishni rejalashtirgan. Biroq, tashkilotdan chiqish bo‘yicha kelishuvlar hanuzgacha oxiriga yetmagan. ​

Алишер Рузиохунов
Tayyorlagan Алишер Рузиохунов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid