Toshkent shahridagi Yakkachinor ko‘chasiga Yakub Kolas nomi berilishi mumkin
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Toshkent shahri hokimligining “Toshkent shahridagi Yakkachinor ko‘chasiga buyuk belorus shoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas nomini berish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Geografik obektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha shahar komissiyasining buyuk belorus shoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas nomini Toshkent shahrida abadiylashtirish haqidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Yakkachinor ko‘chasiga buyuk belorus shoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas nomi berilishi mumkin.
Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi (G‘.Rasulov), Obodonlashtirish bosh boshqarmasi (A.Rizashov), Ichki ishlar bosh boshqarmasi (R.Djo‘rayev), Mirobod tuman hokimligi (Sh.Po‘latov), hokimlik tizimidagi boshqarma, tashkilot va muassasalar: ko‘chaga yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli ishlarni amalga oshirish yuzasidan bir oylik muddatda belgilangan tartibda zarur choralarni ko‘radi hamda hujjatlarga o‘zgartirishlarni kiritadi.
Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari (N.Maksumov): buyuk belorus shoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas sharafiga byust o‘rnatish choralari ko‘riladi.
Mavzuga oid
18:36 / 26.09.2024
Toshkentda 63 yoshli erkak avtobusda vafot etdi
15:30 / 26.09.2024
Britaniya tashkiloti O‘zbekistonda gastronomik ko‘chalarni tashkil etishi mumkin
17:45 / 25.09.2024
2030 yildan Toshkent shahri va uning atrofida mazutdan foydalanish taqiqlanadi
17:30 / 25.09.2024