Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qiliş portalida Toşkent şahri hokimligining “Toşkent şahridagi Yakkaçinor köçasiga buyuk belorus şoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas nomini beriş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Geografik obektlarni nomlaş va qayta nomlaş masalalari böyiça şahar komissiyasining buyuk belorus şoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas nomini Toşkent şahrida abadiylaştiriş haqidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Toşkent şahrining Mirobod tumanidagi Yakkaçinor köçasiga buyuk belorus şoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas nomi berilişi mumkin.
Toşkent şahar Yer resurslari va davlat kadastri boşqarmasi (Ğ.Rasulov), Obodonlaştiriş boş boşqarmasi (A.Rizaşov), Içki işlar boş boşqarmasi (R.Djörayev), Mirobod tuman hokimligi (Ş.Pölatov), hokimlik tizimidagi boşqarma, taşkilot va muassasalar: köçaga yangi nom berilişi munosabati bilan tegişli işlarni amalga oşiriş yuzasidan bir oylik muddatda belgilangan tartibda zarur çoralarni köradi hamda hujjatlarga özgartirişlarni kiritadi.
Toşkent şahar hokimining birinçi örinbosari (N.Maksumov): buyuk belorus şoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas şarafiga byust örnatiş çoralari köriladi.












