Jamiyat | 08:10 / 01.08.2018
32467
1 daqiqa o‘qiladi

Farangiz Rejametova halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyida svetofor o‘rnatiladi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Aktrisa Farangiz Rejametova halok bo‘lgan piyodalar o‘tish joyida yaqin vaqt ichida svetofor ishga tushadi.

Facebook’dagi guruhlardan birining foydalanuvchilari svetofor o‘rnatilayotgani aks etgan fotosuratni e'lon qilishdi. Foydalanuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahrida faqat fojialar yuz bergach, svetoforlarni o‘rnatishga kirishiladi.

Bundan tashqari, foydalanuvchilar poytaxtdagi svetoforlarni piyodalar o‘tish yo‘lagiga o‘rnatish lozim bo‘lgan yana o‘nlab joylarni keltirishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farangiz Rejametovani urib yuborgan haydovchi uy qamog‘iga olingani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid