Jahon | 07:29 / 01.08.2018
28982
2 daqiqa o‘qiladi

Meksikada bortida 101 kishi bo‘lgan samolyot falokatga uchradi

Meksikaning Durango shtatida Aeromexico aviakompaniyasi samolyoti falokatga uchradi, ro‘y bergan hodisani kompaniya tvitterdagi sahifasida tasdiqlagan.

Foto: Durango Civil Protection

Aviakompaniyadan aniqlik kiritishlaricha, voqea 100 yo‘lovchiga mo‘ljallangan Embraer-190 samolyoti bilan yuz bergan. Reuters xabariga ko‘ra, bortda 97 yo‘lovchi va ekipajning to‘rt nafar a'zosi bo‘lgan.

Qurbonlar haqida ma'lumot yo‘q.

Meksikaning bu qismida aerovokzallarni boshqaruvchi OMA Aeropuertos kompaniyasi xabariga ko‘ra, Embraer 190 samolyoti noqulay ob-havo sharoiti tufayli qulagan. Bu layner havoga ko‘tarilganidan uncha ko‘p vaqt o‘tmay yuz bergan.

«Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa noqulay ob-havo sharoiti tufayli yuz bergan», - deyiladi kompaniya xabarida.

Durango shtati sog‘liqni saqlash boshqarmasidan ma'lum qilishlaricha, samolyot qulashi oqibatida 18 kishi jarohat olgan.

Foto: Durango Civil Protection
Foto: El Heraldo de M?xico
Foto: El Heraldo de M?xico
Foto:  Durango Civil Protection
Foto:  Durango Civil Protection
Foto: El Heraldo de M?xico

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid