Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp ma'muriyati Xitoy tovarlariga bojlarni kuchaytirish haqida o‘ylamoqda
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Xitoydan tovarlar va xizmatlar importiga 25% miqdorda - yiliga 200 mlrd dollarlik bojlar joriy etishni taklif qilmoqchi. Bu haqda Reuters vaziyatdan xabardor manbaga asosan xabar bermoqda.
Avvalroq, Tramp ma'muriyati Xitoy mollari va xizmatlariga 10 foizlik bojlar joriy etishni mo‘ljallab turgani haqida xabar bergandi. Endi, agentlikdan ta'kidlashlaricha, Tramp bojlarni 25 foizgacha oshirish haqida o‘ylab qolgan.
Ta'kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar prezidenti 1 avgust, chorshanba kuni tegishli bayonot berishi mumkin.
Mavzuga oid
15:17
Eron Qatar va Bahrayndagi AQSh harbiy bazalariga zarba berdi
14:49
Eronga qarshi AQSh-Isroil operatsiyasi, Kubaga ko‘z tikkan Tramp va Boliviyada sochilgan pullar – kun dayjesti
14:48
Eron “birinchi to‘lqin” haqida e’lon qildi: Isroilga raketalar uchirildi
12:41