O‘zbekistonda mulkdorlar huquqini himoya qilishga doir muhim farmon imzolandi
O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, endilikda davlat organi (mansabdor shaxs) tomonidan qabul qilingan ma'muriy hujjat (qaror, farmoyish va h.k.)ning qonuniy kuchiga ishongan holda o‘z faoliyatini yuritgan tadbirkorlarning ushbu qarorning keyinchalik bekor qilinganligi natijasida ko‘rgan zararlari to‘liq qoplanadi.
Shuningdek, davlat organi (mansabdor shaxs)ning ma'muriy hujjatini bekor qilish yoki o‘zgartirish masalasi, agarda bu vijdonan harakat qilgan tadbirkorlarning qonuniy manfaatlariga aloqador bo‘lsa, sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga binoan, 2018 yil 1 sentabrdan boshlab:
- davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yerlarni olib qo‘yish haqidagi qarorga faqat yerlari olib qo‘yilishi rejalashtirilayotgan shaxslar bilan ochiq muhokama o‘tkazilib, foyda va xarajatlar baholangandan keyingina yo‘l qo‘yiladi;
- olib qo‘yilayotgan yer uchastkalaridagi imoratlar va inshootlarning buzilishiga ko‘chmas mulkning bozor qiymatini va olib qo‘yish oqibatida mulkdorlarga yetkazilgan zararlarning o‘rni to‘liq qoplangandan keyin yo‘l qo‘yiladi;
- jismoniy va yuridiy shaxslarga davlat organi (mansabdor shaxs)ning qonunga xilof ma'muriy hujjatni chiqarishi natijasida yetkazilgan zarari davlat tomonidan qoplab beriladi.
Farmoni bilan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yishning aniq mezonlari belgilab berildi. Endilikda yerlar faqat quyidagi hollarda olib qo‘yiladi:
- yerlarni mudofaa va davlat xavfsizligi, muxofaza etiladigan tabiiy hududlar ehtiyojlari uchun, erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishi uchun ajratishda;
- avtomobil va temir yo‘llari, aeroportlar, temiryo‘l obektlari, ko‘priklar va h.k. qurishda;
- aholi punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan quriladigan obektlarga, shuningdek, qonunlar va Prezidenti qarorlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatilgan boshqa hollarda.
Mavzuga oid
14:02 / 16.11.2024
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
12:32 / 22.10.2024
Profta’lim muassasalari texnikumlarga birlashyapti – tizimda qanday o‘zgarishlar bor?
18:15 / 11.09.2024
Yana 50 ming gektar yer kambag‘al oilalarga bo‘lib beriladi
17:18 / 07.09.2024