Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vazirlar Mahkamasi: respublikada g‘o‘zaning rivoji orqada qolmoqda
Joriy yilda g‘o‘za vegetatsiyasining boshlang‘ich davrida ob-havoning quruq va salqin kelishi g‘o‘za parvarishida o‘ta murakkab vaziyatni yuzaga keltirdi va respublikada g‘o‘zaning rivoji 10-12 kunga, ba'zi joylarda 12-14 kunga kechikdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “G‘o‘za parvarishida yuzaga kelgan murakkab vaziyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish hamda hosilga hosil qo‘shishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida g‘o‘zaning rivoji o‘rtacha 8-10 kunga, Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida 10-12 kunga, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand va Navoiy viloyatlarida 10-14 kunga orqada qolmoqda.
Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bahor oylarida tuproqdagi tabiiy namning yetarli bo‘lmaganligi sababli 89 ming gektar paxta maydonida chigit suvi berilib, ushbu maydonlarda gektariga o‘rtacha 50-60 ming tup ko‘chat olingan.
Shu bilan birga, agrotexnik tadbirlarni muddatida amalga oshirilmaganligi oqibatida quyidagi holatlar kuzatilmoqda:
birinchidan, rivojdan orqada qolgan maydonlarga qo‘shimcha agrotexnik tadbirlar — kultivatsiya, chuqur yumshatish ishlari o‘tkazilmaganligi oqibatida qoloq maydonlar Qoraqalpog‘iston Respublikasida 39 ming gektarni, Qashqadaryo viloyatida 24 ming gektarni, Jizzax viloyatida 23 ming gektarni, Samarqand viloyatida 22 ming gektarni, Toshkent viloyatida 13 ming gektarni, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida 12 ming gektarni tashkil etmoqda;
ikkinchidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida ikkinchi sug‘orish o‘tkazilmaganligi sababli g‘o‘za maydonlari chanqatib qo‘yilgan. Xususan, Angor, Bekobod, Bog‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Zarbdor, Zafarobod, Kattaqo‘rg‘on, Kegeyli, Koson, Kosonsoy, Mirishkor, Muzrabot, Oqdaryo, Oqqo‘rg‘on, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Pop, Taxtako‘pir, Hozarasp, Chimboy, Chinoz, Chust, Qamashi, Qiziriq, Qo‘shko‘pir, G‘uzor, Sharof Rashidov, Sherobod va Shovot tumanlarida chanqagan g‘o‘za maydonlari 30-35 foizni tashkil etadi;
uchinchidan, g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurash ishlari tizimli tashkil etilmaganligi sababli Farg‘ona, Namangan va Toshkent viloyatlarida 23 ming gektar maydonga ko‘sak qurti, Surxondaryo viloyatida 24 ming gektar maydonga beda qandalasi g‘o‘za hosiliga sezilarli darajada zarar yetkazgan.
Bundan tashqari, Angor, Boyovut, Bog‘dod, Bo‘z, Jarqo‘rg‘on, Mirzacho‘l, Norin, Oltiariq, Oqdaryo, Oqoltin, Rishton, Romiton, Ulug‘nor, Uchko‘prik, Uchqo‘rg‘on, Xatirchi, Qumqo‘rg‘on, G‘ijduvon va Sho‘rchi tumanlarida g‘o‘za maydonlari o‘rgimchakkana bilan zararlanishiga yo‘l qo‘yilgan.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
10:12 / 10.03.2026