Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston Tejas qiruvchisi sinovlarini qaytadan boshlamoqda
Hindiston hukumati mahalliy Tejas qiruvchi samolyotining harbiy-dengiz versiyasini keng ko‘lamli sinovlariga kirishdi. Bu haqda NDTV manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kelgusi besh oy ichida Tejas harbiy-dengiz prototipi Hindistonning Vikramaditya aviatashuvchisi palubasiga bir necha marotaba qo‘nishni amalga oshiradi.
Ta'kidlanganidek, samolyotni to‘liq sinovdan o‘tkazish 2019 yilda rejalashtirilgan.
Avvalroq, Hindiston hukumati beshinchi avloddagi qiruvchini Rossiya bilan birgalikda yaratishdan voz kechmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ta'kidlanishicha, Hindiston o‘zining beshinchi avloddagi qiruvchisi yaratish uchun barcha kerakli texnologiyalar mavjudligini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026
Hindiston O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi
19:15 / 01.05.2026