Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nurmagomedov: Makgregorni ko‘chada ko‘rib qolsam, nima bo‘ladi? Do‘pposlayman yaxshilab
Mutlaq jangchilar chempionatidagi (UFC) rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi allboxing.ru.
«Uni ko‘chada ko‘rib qolsam, nima bo‘ladi? Mushtlashuv bo‘ladi. Albatta, shunday bo‘ladi. Hech qanday pullarsiz. Men hech qachon ko‘cha janglarida mag‘lubiyatga uchramaganman», - deya aytib o‘tdi amaldagi chempion.
Rossiyalikning ta'kidlashicha, Makgregor bilan ehtimoliy jang haqida muzokaralar davom etmoqda.
«Konorni jangchi sifatida hurmat qilamanmi? Ha. Inson sifatida? Yo‘q. Umid qilamanki, jang tashkil etiladi, biroq hali hech qanday yangilik yo‘q. Faqat kutmoqdaman. Muzokaralar davom etmoqda», - deya xulosa qildi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov o‘tgan yil davomida qancha pul ishlab olgani aytilgandi.
Mavzuga oid
23:23 / 10.01.2026
Fransiya AQShdagi UFC turniri sababli G7 sammiti muddatini o‘zgartirdi
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025