Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) amaldagi çempioni Habib Nurmagomedov ötgan yil yakunlari böyiça Forbes reytingiga kirdi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda.
Rossiyalik reytingning 43-poğonasidan joy olgan.
2017 yilda Nurmagomedov ğalabaga erişgan ikki jang ötkazdi. Edson Barboza bilan bellaşuv uçun rossiyalik taxminan 215 ming dollar oldi, El Yakvintaga qarşi jang esa doğistonlik sportçiga 530 ming dollar olib keldi.
Şuningdek, ta'kidlanişiça, Nurmagomedov iştirokidagi master-klasslarni ötkaziş taşkilotçilarga 10-20 ming dollarga tuşişi mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Nurmagomedov hozir heç kim uni mağlub etolmasligini ma'lum qilgandi.












