O‘zbekiston | 11:08 / 03.08.2018
11022
1 daqiqa o‘qiladi

Respublika fond birjasiga yangi rahbar tayinlandi

Bekzod Usmonov «Toshkent» Respublika fond birjasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda birja axborot xizmati xabar bermoqda.

Tegishli qaror 1 avgust kuni birja kuzatuv kengashining yig‘ilishida qabul qilingan.

Xabar qilinishicha, 2015 yilning kuzidan beri birjaga rahbarlik qilgan Alisher Yo‘ldoshev o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgan.

Bekzod Usmonov ushbu lavozimga tayinlanishiga qadar Milliy loyiha boshqaruvi agentligi, undan avval Iqtisodiyot vazirligida ishlagan.

Mavzuga oid