Alişer Miraliyev, Bekzod Usmonov va Qahramon Hakimov Davlat aktivlarini boşqariş agentligi direktorining örinbosarlari lavozimlariga tayinlandi. Bu haqda telegramdagi «Nigoh» kanali xabar bermoqda.
Agentlikka 2020 yildan buyon Akmalxon Ortiqov rahbarlik qilib kelmoqda.
Agentlik direktorining tört örinbosari lavozimi bölib, şundan uçtasi ayni vaqtgaça vakant edi, taşkilot saytida Tölqin Nabiyev 2019 yildan buyon agentlik direktori örinbosari v.b. etib körsatilgan.
Alişer Erkinoviç Miraliyev şu vaqtgaça agentlikda Mulkdor huquqlari va funksiyalarini ta’minlaş departamenti boşliği lavozimida işlab kelgan.

Davaktiv agentligi direktori örinbosari sifatida Mulkdor huquqlari va funksiyalarini ta’minlaş departamenti, Davlat iştirokidagi korxonalarni korporativ körsatkiçlari tahlili departamenti hamda Davaktiv agentligi huzuridagi Böş turgan obektlardan samarali foydalanişni taşkil etiş markazi faoliyatini muvofiqlaştiradi.
Bekzod Şavkat öğli Usmonov Iqtisodiyot vazirligida va Milliy loyiha boşqaruvi agentligida işlagan, 2018 yil avgustida Respublika fond birjasi etib tayinlangandi.

Davaktiv agentligi direktori örinbosari sifatida Davlat aktivlarini xususiylaştiriş departamenti, Tölovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritiş departamenti, Davaktiv agentligi huzuridagi Qimmatli qoğozlar markaziy depozitariysi hamda Davaktiv agentligi huzuridagi Xususiylaştiriş va davlat aktivlarini boşqariş muammolarini tadqiq etiş markazi faoliyatini muvofiqlaştiradi.
Qaxramon Norböta öğli Hakimov Davaktiv agentligi direktori örinbosari sifatida zamonaviy IT texnologiyalarini joriy etiş departamenti, Inson resurslari va xodimlar salohiyatini rivojlantiriş boşqarmasi, Içki nazorat va komplayens xizmati bölimi faoliyatini muvofiqlaştiradi.


















