O‘zbekiston | 20:11 / 03.08.2018
9893
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi hududlardan birida avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi

4 avgust kuni Toshkent shahridagi Amir Temur ko‘chasining Osiyo ko‘chasidan Kichik halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismida avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqida poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

"Hurmatli hamshaharlar va poytaxtimiz mehmonlari!
Yo‘l qoplamasini ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Amir Temur ko‘chasining Osiyo ko‘chasidan Kichik halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismida avtotransportlar harakati vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto:Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati


Noqulaylik uchun Sizlardan uzr so‘raymiz", deyiladi manbada. 

KUN.UZ'ga berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, taxminan 15 avgustdan keyin ushbu hududdagi avtotransportlar harakati tiklanadi.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid