Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va AQSh sanksiyalar masalasi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
Foto: Anadolu Agency
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Chavusho‘g‘lining ta'kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Turkiya davlatlar o‘rtasidagi muammolarni hal qilish uchun yaqin hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishgan.
Qayd etilishicha, bu muzokaralar Vashington terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblangan AQSh pastoriga (protestant mazhabidagi ruhoniy) nisbatan sud jarayoni tufayli Turkiyaning ikki vaziriga sanksiyalar kiritganidan so‘ng o‘tkazildi.
Avvalroq, Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders AQSh Moliya vazirligi Turkiya adliya va ichki ishlar vaziriga qarshi sanksiyalar joriy qilgani haqida xabar berdi.
Uning ta'kidlashicha, AQSh prezidenti Donald Trampning ko‘rsatmasi bilan turk fuqarolariga qarshi cheklov choralari joriy etilgan.
Mavzuga oid
21:05 / 26.02.2026
Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi
19:11 / 26.02.2026
2025 yilda AQShdan chiqib ketganlar soni kirib kelganlar sonidan oshdi – OAV
18:57 / 26.02.2026
Kubaga «hujum qilgan» bosqinchilar o‘ldirildi. AQShning kommunist qo‘shnisida nimalar bo‘lyapti?
09:10 / 26.02.2026