Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 avgust kungi test natijalari e'lon qilinmoqda
Foto: KUN.UZ
Respublika oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining uchinchi kun – 3 avgust natijalari bo‘yicha ma'lumotlar e'lon qilindi.
Qayd etilishicha, test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda 17ta oliy ta'lim muassasalarining 89 ta ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.
Test sinovlarida 58 276 nafar abituriyent ishtirok etdi.
Test sinovlariga 1 535 nafar abituriyent kelmadi.
Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 144 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.
Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 419 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.
Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali - 172,3, O‘zbekiston milliy universitetining «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)» ta'lim yo‘nalishi;
To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali - 153,4, O‘zbekiston milliy universitetining «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)» ta'lim yo‘nalishi.
O‘rtacha o‘tish bali:
davlat granti – 120,8;
to‘lov-kontrakt – 99,6.
Test sinovlari natijalari Davlat test markazining www.dtm.uz/page/test_result saytida 2018 yil 4 avgust kuni soat 18.45da e'lon qilinadi, deb yozadi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Mavzuga oid
17:39 / 27.11.2025
Toshkentda changga qarshi kurash doirasida o‘nlab favvora va sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi
09:56 / 27.11.2025
Daraxt ekish uchun ichimlik suvidan foydalanishga qo‘yilgan cheklov bahor va yozda bekor bo‘ladi
10:00 / 23.11.2025
Changga qarshi safarbarlik va IIBBda in qurgan talonchilar - hafta dayjesti
12:47 / 19.11.2025