Respublika oliy ta'lim muassasalariga kiriş test sinovlarining uçinçi kun – 3 avgust natijalari böyiça ma'lumotlar e'lon qilindi.

Qayd etilişiça, test sinovlari şaxsni identifikatsiyalaş vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda 17ta oliy ta'lim muassasalarining 89 ta ta'lim yönalişi böyiça ötkazildi.

Test sinovlarida 58 276 nafar abituriyent iştirok etdi.

Test sinovlariga 1 535 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 144 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratçilari sifatida 2 419 nafar öqituvçilar jalb etildi.

Davlat granti böyiça eng yuqori ötiş bali - 172,3, Özbekiston milliy universitetining «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar böyiça)» ta'lim yönalişi;

Tölov-kontrakt böyiça eng yuqori ötiş bali - 153,4, Özbekiston milliy universitetining «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar böyiça)» ta'lim yönalişi.

Örtaça ötiş bali:
davlat granti – 120,8;
tölov-kontrakt – 99,6.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining www.dtm.uz/page/test_result saytida 2018 yil 4 avgust kuni soat 18.45da e'lon qilinadi, deb yozadi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov.