Ekologiya organiga yangi vakolatlar va hatto politsiya maqomi berildi: vaziyat endi özgararmikin? Uy-joyga spekulyativ talab pasaydi: bozordagi pufak sörilib ketdimi? Soliq raisi Şerzod Qudbiyevga yangi lavozim: ötgan safar 1 yil içida yopilib ketgan taşkilot yana oçildi. Elektr tarmoqlarini ham xususiy sektor boşqaradi: bu yangilik qaysi viloyatdan boşlanişi ma’lum.

Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

Toşkent çang bilan kuraşmoqda

21 noyabr kuni Toşkent şahri havosining iflosligi böyiça yana bir bor dunyo reytingida birinçi öringa çiqdi. Bu – kuzdan bahorgaça yangilik emas, odatiy holga aylanib qolgani uçun, köpinça haftalik dayjestlarimizda bu faktni aytib ötirmaymiz. Lekin bu gal vaziyatga rasmiylarning reaksiyasi boşqaçaroq böldi: juma kuni Toşkentda çangni bostiriş uçun yöllar va daraxtlarga suv sepila boşlandi. Mavsum tugaganiga qaramay, favvoralar va suğoriş tizimlari ham yoqib qöyildi. Quriliş maydonlarida ham çang kötarilmasligi uçun suv sepilyapti.

Poytaxt hokimligiga köra, bu çoralar muammo ildizlarini bartaraf eta olmasa ham, “bir neça soat içida çangni sezilarli kamaytiriş” imkonini beradi. “Bu usul ilmiy asosga ega bölib, dunyoning qator yirik şaharlarida ham havo ifloslanişi avj olgan davrlarda qöllanadi”, deyiladi hokimlik bayonotida. Ekologiya qömitasining bu haqdagi xabarida esa Toşkentda havo ifloslanişini kamaytiriş uçun tezkor ştab tuzilgani, vaziyatni barqarorlaştiriş uçun “barça çoralar körilayotgani” aytilgan.

Ötgan haftadagi dayjestimizda IQAir portali orqali Toşkentdagi havo sifatini kuzatib borayotganlar soni 600 mingga yaqinlaşib qolganini aytgan edik. Atigi bir hafta içida, bu raqam 200 mingtadan köproqqa oşib, 800 mingdan oşib