Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasidagi jang sanasi ma'lum
Foto: Steve Marcus/Michael Reaves/Getty Images
Rossiyalik jangchi Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor o‘rtasidagi jang 6 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) prezidenti Dana Uaytning so‘zlariga ko‘ra, jang Las-Vegasdagi UFC 229’ning asosiy voqeasi bo‘ladi.
Hozir Nurmagomedov tashkilotning yengil vazn toifasidagi kamariga egalik qiladi. Makgregor yarim yengil va yengil vazn toifalaridagi sobiq chempion sanaladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nurmagomedov Makgregorni ko‘chada ko‘rib qolsa yaxshilab do‘pposlashi haqida aytgandi.
Mavzuga oid
19:46 / 07.10.2025
Tramp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
18:13 / 12.01.2025
Habib Nurmagomedov AQShda styuardessa bilan tortishgani uchun samolyotdan tushirib yuborildi
00:41 / 23.11.2024