Mutlaq jangçilar çempionatidagi (UFC) rossiyalik jangçi Habib Nurmagomedov irlandiyalik Konor Makgregor haqida fikr bildirdi, deb xabar beradi allboxing.ru.
«Uni köçada körib qolsam, nima böladi? Muştlaşuv böladi. Albatta, şunday böladi. Heç qanday pullarsiz. Men heç qaçon köça janglarida mağlubiyatga uçramaganman», - deya aytib ötdi amaldagi çempion.
Rossiyalikning ta'kidlaşiça, Makgregor bilan ehtimoliy jang haqida muzokaralar davom etmoqda.
«Konorni jangçi sifatida hurmat qilamanmi? Ha. Inson sifatida? Yöq. Umid qilamanki, jang taşkil etiladi, biroq hali heç qanday yangilik yöq. Faqat kutmoqdaman. Muzokaralar davom etmoqda», - deya xulosa qildi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Habib Nurmagomedov ötgan yil davomida qança pul işlab olgani aytilgandi.












