Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda demokratlarni saylovlar oldidan Xitoy smartfonlaridan voz kechishga chaqirishdi
Foto: CNN
Amerika Qo‘shma Shtatlari Demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasi demokratlarga Kongressga saylovlardan oldin Xitoy ishlab chiqaruvchilarining smartfonlaridan voz kechishni maslahat berdi. Bu haqda CNN xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, partiya vakillariga xavfsizlik nuqtai nazaridan ZTE hamda Huawei smartfonlarini ishlatmaslik tavsiya etilmoqda.
Ta'kidlanishicha, demokratlarni ushbu firmalarning har qanday gadjyetlaridan voz kechishga chaqirishgan.
Shu bilan birga, qo‘mita Xitoy ishlab chiqaruvchilarining smartfonlaridan shaxsiy maqsadlarda ham foydalanmaslikni maslahat berdi.
Mavzuga oid
08:23
Tramp: AQShni Eronning muzokaralardagi pozitsiyasi qoniqtirmayapti
22:53 / 27.02.2026
«Men hech narsani ko‘rmadim, yomon ish qilmadim» - Bill Klinton Epshteyn ishi bo‘yicha bayonot berdi
14:49 / 27.02.2026
Axios: Zelenskiy RF bilan urushni yil oxirigacha tugatishga umid qilmoqda
14:22 / 27.02.2026