Epşteyn voyaga yetmaganlarni fohişalikka majburlaşda ayblangan, 2019 yilda esa Manhettendagi turma kamerasida osilgan holda topilgan. Bu haqda 26 fevral, payşanba kuni Reuters agentligi xabar berdi.

AQŞ Adliya vazirligi avvalroq Brende Epşteyn bilan uç marta keçki ovqatda uçraşgani, şuningdek u bilan elektron poçta orqali muloqot qilgani va matnli xabarlar almaşgani haqidagi ma’lumotlarni oşkor qilgan edi.

«Çuqur öylab körgandan söng, Jahon iqtisodiy forumi rahbari va boş ijroçi direktori lavozimidan ketişga qaror qildim. Bu yerda 8 yarim yil davom etgan faoliyatim juda samarali böldi», — dedi Norvegiyaning sobiq taşqi işlar vaziri. «Hamkasblar, hamkorlar va fikrdoşlarga ajoyib hamkorlik uçun minnatdorman va hozir forum muhim işlarini heç qanday çalğituvçi omillarsiz davom ettirişi uçun munosib payt, deb hisoblayman», — deya qöşimça qildi u.

Brende aytişiça, u Epşteyn bilan 2018 yilda birinçi marta uçraşgunça uning ötmişidan va jinoiy faoliyatidan bexabar bölgan va bu masala böyiça yetarliça çuqur tekşiruv ötkazmaganidan afsusda ekanini bildirgan.

JIF hamraislari Andre Hoffman va Larri Fink alohida bayonotda Brendega nisbatan mustaqil ekspertlar ötkazgan taşqi tekşiruv yakunlanganini qayd etdi. Unga nisbatan qöşimça şubhali holatlar aniqlanmagan. Alois Tsvinggi vaqtinçalik rahbar va boş ijroçi direktor vazifasini bajaradi, forum vasiylar kengaşi esa rahbariyat almaşinuvi jarayonini nazorat qiladi.

Byorge Brende 2017 yildan beri JIF rahbari lavozimida işlab kelgan.

Amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn 2008–2009 yillarda fohişalikni taşkil etgani uçun jazo ötagan. U 2019 yil 6 iyul kuni voyaga yetmaganlarni fohişalikka majburlaş aybi bilan hibsga olingan, 10 avgust kuni esa sudni kutayotgan paytida Manhettendagi turma kamerasida osilgan holda topilgan.

2025 yil dekabr oyida Epşteyn işi böyiça hujjatlarning birinçi qismi e’lon qilingan.

AQŞ Adliya vazirligi 2026 yil 30 yanvar kuni «Epşteyn fayllari»dan yana 3 million sahifadan ortiq hujjat, şuningdek işga oid 2000 ta videoyozuv va 180 mingta boşqa tasvirni oşkor qilgan.

Epşteyn işiga oid avvalroq e’lon qilingan materiallar bir qator taniqli şaxslar bilan boğliq aloqalarni ham körsatgan — jumladan, Britaniya şahzodasi Endryu, u şu sababli öz unvonidan mahrum bölgan. Bundan taşqari, JPMorgan banki Epşteynni köp yillar mijoz sifatida xizmat körsatgani uçun jabrlanuvçilar bilan suddan taşqari kelişuv doirasida 290 mln dollar tölagan. AQŞ Adliya vazirligi ma’lumotiga köra, iş materiallarida 1200 nafardan ortiq jabrlanuvçi aniqlangan.