Kim Chen In zamonaviy tramvay va trolleybuslarni borib ko‘rdi
Shimoliy Koreya rahbari trolleybus va tramvay ishlab chiqaruvchi ikki zavod faoliyati hamda jamoat transportining zamonaviy modellari bilan tanishdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.
Kim Chen In Pxenyan trolleybus zavodida bo‘ldi, u yerda trolleybuslarning yangi modifikatsiyasi namoyish etilgan. Mamlakat boshlig‘i transport salonidagi qulayliklar oldingi modeldagidan ancha yaxshi ekanligini alohida ta'kidladi. Bundan tashqari, Kim Chen In zavodni modernizatsiyalash rejasini o‘rganib chiqib, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha topshiriq berdi.
Shundan so‘ng, u trolleybus yangi modelini ko‘rish maqsadida Pxenyandagi tramvay deposiga tashrif buyurdi. Yangi namuna asosiy detallari (g‘ildirak, shisha va o‘rindiq) mahalliy zavodlarda ishlab chiqarilgan.
Kim Chen In trolleybus va tramvayda kechki sayrni amalga oshirdi.
NK News portalida aytilishicha, yangi tramvaylar Pxenyan shimoli-sharqini markaz bilan bog‘lovchi yo‘nalish bo‘ylab harakatlanadi. Transport saloni informatsion tablo va konditsionerlar bilan jihozlangan.
Mavzuga oid
14:22 / 13.11.2024
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024
KXDR Rossiya bilan hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
20:11 / 10.11.2024