Şimoliy Koreya rahbari trolleybus va tramvay işlab çiqaruvçi ikki zavod faoliyati hamda jamoat transportining zamonaviy modellari bilan tanişdi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar qilmoqda.
Kim Çen In Pxenyan trolleybus zavodida böldi, u yerda trolleybuslarning yangi modifikatsiyasi namoyiş etilgan. Mamlakat boşliği transport salonidagi qulayliklar oldingi modeldagidan ança yaxşi ekanligini alohida ta'kidladi. Bundan taşqari, Kim Çen In zavodni modernizatsiyalaş rejasini örganib çiqib, amalga oşirilişi kerak bölgan işlar böyiça topşiriq berdi.
Şundan söng, u trolleybus yangi modelini köriş maqsadida Pxenyandagi tramvay deposiga taşrif buyurdi. Yangi namuna asosiy detallari (ğildirak, şişa va örindiq) mahalliy zavodlarda işlab çiqarilgan.
Kim Çen In trolleybus va tramvayda keçki sayrni amalga oşirdi.
NK News portalida aytilişiça, yangi tramvaylar Pxenyan şimoli-şarqini markaz bilan boğlovçi yönaliş böylab harakatlanadi. Transport saloni informatsion tablo va konditsionerlar bilan jihozlangan.











