Jahon | 09:33 / 04.08.2018
13824
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada vertolyot qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

Foto: Igor Onuchin/RIA «Novosti»

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Mi-8 vertolyotining qulashi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA «Novosti» mintaqa favqulodda xizmatlaridagi manbaga asosan xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, vertolyotlari barcha yo‘lovchilar va ekipaj a'zolari halok bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, vertolyot qulaganidan so‘ng butunlay yonib ketgan.

Mi-8 ishchilarni olib ketayotgan bo‘lgan. Halokat Taruxan tumanida yuz bergani aytilyapti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid