O‘zbekiston | 17:38 / 04.08.2018
17566
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda avval yopiq bo‘lgan yana bir ko‘chada transport harakati tiklanmoqda

Toshkent shahrida avvalroq yopiq bo‘lgan yana bir ko‘chalardan birida avtotransportlar harakati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, bugun, 4 avgust kuni Bo‘zko‘cha ko‘chasining Buyuk ipak yo‘li ko‘chasiga tutashgan qismida transportlar harakatini tiklash ishlari boshlab yuborilgan. 

“Ushbu ko‘chaning ochilishi haydovchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratishi shubhasiz”, - deyiladi IIBB xabarida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid