Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Kim Chen Inning maktubiga javob qaytardi
Foto: AFP / Saul Loeb
Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp KXDR rahbari Kim Chen Inning maktubiga javob yo‘lladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo tvitterdagi sahifasida xabar bergan.
«Bugun men ASEAN sammitida KXDRdan kelgan hamkasbim Li Yon Xo bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldim. Bizda qisqa, yumshoq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bizning delegatsiyada AQSh prezidentining KXDR rahbari xatiga javobini topshirish imkoniyati ham bo‘ldi», - deb yozadi Pompeo.
Avvalroq, Oq uyda AQSh tomoni Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen Indan olgan maktubiga javob qaytargani haqida xabar berishgandi. U yerdan ta'kidlashlaricha, maktub yetakchilar tomonidan Singapur sammitidagi qo‘shma bayonotda o‘ziga olgan majburiyatlarga bag‘ishlangan.
Mavzuga oid
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025
Seul va Vashingtonga javob: Kimning «orzu ro‘yxati»dagi yana bir qurol deyarli tayyor
21:08 / 04.11.2025
KXDR sobiq rasmiy rahbari Kim Yon Nam 97 yoshida vafot etdi
15:01 / 11.10.2025