Afg‘onistonda 3 nafar chex askari o‘ldirildi
Hudkush qotil NATO dasturi bo‘yicha sharqiy Afg‘onistonda harbiy xizmatni o‘tayotgan 3 nafar chexning o‘limiga sababchi bo‘ldi. Ayni paytda ushbu harakat oqibatida kelib chiqqan javobgarlikni «Tolibon» guruhi o‘z zimmasiga olmoqda.
Reuters tarqatgan xabarga ko‘ra, halok bo‘lgan chex askarlaridan tashqari, ikki nafar afg‘on askari hamda amerikalik harbiy tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish «o‘z uyidan uzoqda terrorizmga qarshi kurashda halok bo‘lgan qahramonlar» nomini tilga olib, ularning yaqinlariga ta'ziya izhor etdi.
AQSh harbiylari sharqiy Afg‘onistondagi amaliyotni 2014 yili yakunlaganidan so‘ng, ushbu hududda qo‘poruvchilik harakatlari keskin oshib ketdi.
Mavzuga oid
12:10
Afg‘onistonda o‘zbek tili va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchilar tayyorlanishi mumkin
23:22 / 24.09.2024
BMT Afg‘onistonda ayollarga qo‘yilgan barcha cheklovlarni olib tashlashni talab qildi
19:37 / 24.09.2024
Muhojirlardan himoyalanish uchun: Eron Afg‘oniston bilan chegarada devor qurmoqda
00:53 / 22.09.2024