Jahon | 15:40 / 05.08.2018
22046
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShning ichki ishlariga aralashayotgan davlatlar nomini ma'lum qildi

Foto: getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya, Xitoy va ehtimol Shimoliy Koreya Qo‘shma Shtatlarning ishlariga aralashayotganini hamda uning mamlakatida iqtisodiy o‘sish bo‘layotgani sababli bunday harakatlar soni oshishi mumkinligini bildirdi. U bu haqda Ogayo shtatida so‘zlagan nutqida aytgan, deb xabar berdi NBC.

«Biz aralashuvlarni va bizga hujum qilayotganlarni to‘xtatishimiz shart. Ular ko‘pchilik. Bu yerda Rossiya va Xitoy bor. Shimoliy Koreya bilan hammasi joyida, lekin ular ham xuddi shu ishni amalga oshirayotganlari ehtimoli majud», — dedi AQSh yetakchisi.

AQShda Rossiyaning saylovlarga ehtimoliy aralashuvi bo‘yicha tergov ishlari olib borilmoqda. Amerika razvedkasi bu Kremlning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan degan taxminni bildirgan. Moskva barcha ayblovlarni rad etmoqda.

1 avgust kuni Tramp AQSh bosh prokurori Jyeff Seshnsdan Rossiyaning saylovlarga aralashuvi bo‘yicha ishni «zudlik bilan to‘xtatishni» talab qildi. U buni «uyushtirilgan jodugar ovi» va Qo‘shma Shtatlarga «dog‘ tushiruvchi» deb atadi. 

Mavzuga oid