Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Yuventus» Ronaldu futbolkalari savdosidan tushgan daromad haqida hisobot berdi
«Yuventus» klubi 2018/19 mavsumi boshlanishidan oldin, atributikalar savdosi haqidagi ma'lumotni e'lon qildi.
Tuttosport xabariga ko‘ra, Turin klubi futbolkalarning dastlabki partiyasini to‘liq sotib bo‘lgan. Hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuventus» klubiga o‘tganidan so‘ng, atributika savdosi chaqqonlashgan. 10 iyuldan 5 avgustga qadar «Yuventus» Ronaldu ismi tushirilgan 55 mingta futbolka sotgan, bu esa klubga 6,5 million yevro daromad keltirgan.
Futbolkalarning yangi partiyasi 2018 yilning sentabr oyida sotuvga chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» Ronaldu transferi uchun «Real»ga 112 million yevro to‘ladi. Uning maoshi yiliga 30 million yevroni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
18:03 / 11.06.2026
Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari
16:03 / 27.05.2026
Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi
11:34 / 22.05.2026
Ronaldu nihoyat Saudiyada chempion bo‘ldi
20:28 / 19.05.2026