Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yagona portalda Bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan ayrim xizmatlar o‘chirildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib- taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5409-son xamda 2018 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5414-son farmonlari bilan bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan ayrim turdagi ruxsat berish tartib-tamoyillarini nazarda tutuvchi xizmatlar bekor qilinishi belgilangan, deyiladi yagona portalda.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron tarzda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatilayotgan quyidagi xizmatlarning ko‘rsatilishi to‘xtatilgan:
1. Bojxona brokeri sifatida faoliyat olib borishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
2. Yuklarni vaqtincha olib kirish (chiqish)ga ruxsat olish uchun elektron ariza taqdim etish;
3. Reimport bojxona rejimi ostida tovarlarni joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
4. Xorijiy avtomobilda yuk tashuvchilar avtotransport vositasining O‘zbekiston Respublikasi hududida harakatlanish yunalishlarini o‘zgartirishga ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish;
5. Reeksport rejimiga ruxsat olish uchun elektron ariza taqdim etish;
6. Bojxona hududida qayta ishlash rejimi ostida tovarlarni joylashtirish yoki bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash haqida ruxsatnoma olish uchun elektron ariza taqdim etish.
Mavzuga oid
18:23 / 12.04.2026
Jismoniy shaxslarning xorijdan biofaol qo‘shimchalar olib kirish tartibiga o‘zgartirish kiritildi
13:32 / 21.02.2026
Endi chiqindi xizmatlarida faqat ko‘rsatilgan xizmat uchun to‘lov hisoblanadi
15:30 / 14.11.2025
Bojxonachilar qariyb 1 trln so‘mlik noqonuniy tovar aylanmasini to‘xtatdi
20:16 / 13.06.2025