Yangiyo‘ldagi maktab o‘qituvchilari majburiy mehnatga jalb etilgani aniqlandi
Adliya vazirligi Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchilari maktab ma'muriyati tomonidan maktab hududida majburiy mehnatga jalb etilganiga e'tibor qaratdi.
Maktabdagi majburiy mehnat holatiga oid fotolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi tomonidan mazkur holatga aniqlik kiritish uchun joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazilgan, natijada o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilinish holatlari o‘z tasdig‘ini topgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 1 avgust kuni maktab hududini obodonlashtirish ishlariga 15 nafar pedagog-xodim jalb etilgan.
Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi «Kun.uz»ga xabar berishicha, Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan joriy yilning 4 avgust kuni 13-umumiy o‘rta ta'lim maktabida yig‘ilish o‘tkazilib, unda barcha pedagog-xodimlarga Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi 349-son «O‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan majburiy mehnatning oldini olish va unga to‘liq barham berish hamda uning asoslari haqida tushuntirishlar berib o‘tilgan.
Bundan tashqari, 2018 yil 6 avgust kuni Yangiyo‘l tuman Xalq ta'limi bo‘limiga maktab ma'muriyatiga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish haqida taqdimnoma kiritilgan.
Mavzuga oid
18:54 / 25.10.2024
O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat va antikvar avtomobil haqida ma’lumot berildi
19:00 / 24.10.2024
Davlat mehnat inspeksiyasiga majburiy mehnatga oid 283 ta murojaat kelib tushdi
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
10:15 / 10.10.2024