Jahon | 15:04 / 06.08.2018
2262
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada bu yil mudofaa uchun qo‘shimcha 1 mlrd dollar ajratiladi

Foto: JANIS LAIZANS/REUTERS

Buyuk Britaniya hukumati bu yil mudofaaga xarajatlarni 1 milliard dollarga ko‘paytirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Britaniyaning The Times gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda.

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson mudofaa byudjyetini oshirish uchun kurashmoqda. Ta'kidlanishicha, ayni paytda mahkama yiliga kamida 2,5 milliard dollarlik byudjyet taqchilligiga chidamoqda, bu harbiy samolyotlar, sun'iy yo‘ldoshlar, kemalar va suv osti kemalarini sotib olish rejalarini bekor qiladi.

Times’ning yozishicha, Buyuk Britaniya jamoatlar palatasi mudofaa xarajatlarining yalpi ichki mahsulot hajmi 2%idan 3%iga, ya'ni yiliga 25,9 mlrd dollar miqdorida oshirishni ma'qulladi. Shunga qaramay, Britaniya mudofaa mahkamasining rahbari fikricha, bu mablag‘lar yetarli emas. U qo‘shimcha yana 5 milliard dollar so‘ramoqda.

Gazetaning qayd etishicha, mudofaa byudjyetining oshirilishiga konservativ parlamentariylar orasida norozilik tahdidi ta'sir qilgan. Britaniya hukumati a'zolaridan birining Times’ga aytishicha, agar harbiy mahkamaning qo‘shimcha pul borasidagi talabi qanoatlantirilmasa, 50ga yaqin parlamentariy shu yilning kuzida hukumatning qaroriga qarshi chiqishga tayyor. Buyuk Britaniyaning imkoniyatlarini, shu jumladan, harbiy texnika yetishmasligi bilan bog‘liq xavotirlar oshib borayotgani fonida shunday isyon tahdidi kuchayib bormoqda. Uaytxolldagi (Birlashgan qirollik hukumati) manbaning ta'kidlanishicha, Mudofaa vazirligini moliyalashtirilishi bo‘yicha bosimni kamaytirish rejalari ko‘rib chiqilyapti.

Shu bilan birga, Britaniya Mudofaa vazirligining fikricha, mamlakat Yevropa davlatlari orasida eng katta harbiy byudjyetga ega va unga NATO tomonidan YaIMning 2 foizi miqdorida ajratish bo‘yicha tavsiyasidan ko‘proq ajratmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid