Jamiyat | 09:38 / 06.08.2018
13031
1 daqiqa o‘qiladi

Chorbog‘da uchqo‘rg‘onlik ayol tanishini pichoqladi

Illyustrativ foto

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida pichoqbozlik yuz berdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ma'lum bo‘lishicha, 4 avgust kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi Z.Ye. ismli ayol mast holda Chorbog‘ qo‘rg‘oni “Beshtut” MFY Beshtut ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida tanishi Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida yashovchi N.A.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan. 

Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilib, Z.Ye. qo‘lga olingan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid