15:20 / 06.08.2018
70541

Ektor Kuper bilan shartnoma tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Argentinalik mutaxassis Ektor Kuper va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi o‘rtasida «3+1» sxemasida shartnoma tuzilgan. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida ushbu murabbiyning tanishtiruv marosimida ishtirok etayotgan «Tribuna» muxbiri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, ushbu 62 yoshli murabbiy bilan shartnomaning moliyaviy jihatlari oshkor etilmagan. Anjumanda alohida urg‘u berilishicha, maosh miqdorini oshkor etmaslik O‘FAning tashabbusi emas, balki Ektor Kuperning talabidir.

Shu tariqa, Kuper O‘zbekiston terma jamoasi bilan JCh-2022 sikli yakuniga qadar ishlashi mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Misr terma jamoasi bilan JCh-2018 turnirida ishtirok etib qaytgach iste'foga chiqarilgan Ektor Kuper O‘zbekistonni keyingi mundialga olib chiqish uchun jalb etilgan. U O‘zbekiston terma jamoasida o‘z yordamchilari Xose Karlos Fantagutstsi, Antonio Sarioglu va Mahmud Fayoz Muhammad Shudaf bilan birga ishlaydi.

Top