Jahon | 07:33 / 06.08.2018
4083
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyadagi zilzila qurbonlarining soni 82 kishiga yetdi

Foto: REUTERS

Indoneziyada tabiiy ofatlarga qarshi kurash bo‘yicha milliy agentlikning xabar berishicha, Lombok orolidagi zilzila oqibatida 82 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Sky News xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 6,9 magnitudali zilzila oqibatida 82 kishi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, tabiiy ofat tufayli minglab insonlar xavfsiz joylarga ko‘chirildi.

Avvalroq, zilziladan kamida 32 odam qurbon bo‘lgani xabar berilgandi. Indoneziya hukumatidan qo‘shimcha qilishlaricha, halok bo‘lganlar haqidagi ma'lumotga hali ham aniqlik kiritilmoqda, ularning soni esa ortishi mumkin. Shuningdek, ular 5 avgust, yakshanba kuni ro‘y bergan zilziladan keyin sunami xavfi borligi haqida ogohlantirdilar.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid