Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravon Rossiyada avtomobillar sotuvini deyarli to‘xtatib qo‘ydi
Iyul oyida Rossiyada Ravon brendi ostidagi birorta avtomobil sotilmadi. Bundan Yevropa biznesi uyushmasi ma'lumotlari darak beryapti.
O‘tgan yilning iyul oyida kompaniya Rossiyada 1275 dona avtomobil sotishga muvaffaq bo‘lgandi, lekin bu yil Ravon avtomobillari may oyidayoq ko‘plab dilerlik markazlaridan g‘oyib bo‘ldi.
Aynan o‘sha oyda kompaniyaning sotuvi keskin pasayib ketdi - GM Uzbekistan faqatgina 508ta mashinani sotdi, 2017 yil may oyida esa bu ko‘rsatkich 1219ta edi.
Bundan tashqari, kompaniya iyun oyida bitta ham avtomobilni sotmagan.
May oyida taqchillikka sabab kamida ikkita ekani ma'lum bo‘ldi - Rossiya bozori uchun narxlarning qayta ko‘rib chiqilishi va kompaniya biznes modelidagi sezilarli o‘zgarish.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026
Rossiya yana urushni tanladi - Zelenskiy Putinga javob berdi
20:55 / 05.06.2026