Tereza Mey Brexit bo‘yicha YeI bilan kelishuv muvaffaqiyatiga ishonmoqda
Buyuk Britaniya hukumati bosh vaziri Tereza Mey Yevropa ittifoqi (YeI) bilan Brexit bo‘yicha kelishuvning muvaffaqiyatiga ishonmoqda. Bu haqda Britaniyaning The Guardian gazetasi Uaytxolldagi (Birlashgan qirollik hukumati) manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Buyuk Britaniya Xalqaro savdo vaziri Liam Foksning mamlakat, aftidan, kelishuvga erishmasdan YeIdan chiqishni mo‘ljallayotgani haqidagi so‘zlariga qaramay, bu ishonch saqlanib qolmoqda. Britaniya hukumatidagi manbalarning bildirishicha, Brexit YeI bilan kelishuvga erishmasdan o‘tishi borasida faqat «juda kam imkoniyat» mavjud. Shunga qaramay, Buyuk Britaniyada hodisalarning bunday rivojiga ham tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
The Guardian’ning yozishicha, Foksning Yevropa ittifoqi bilan kelishuvsiz Brexit istiqboli haqidagi bayonoti Yevropadagi yetakchilarga ta'sir o‘tkazish va Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning Brexit bo‘yicha rejasiga jiddiy e'tibor qaratish borasidagi strategiyasining bir qismi edi.
Har ikki tomon Buyuk Britaniyaning YeIdan ketishi shartlari to‘g‘risida kelishuvga erishish niyatida ekanligiga qaramay, Liam Foks Brexit kelishuvga erishmasdan amalga oshirilishi bo‘yicha holatni 60:40 sifatida baholadi.
Mavzuga oid
12:50 / 02.11.2024
Lavrov Ukrainada urush boshlanganidan beri ilk bor Yevroittifoqqa boradi
21:49 / 31.10.2024
Yevroittifoq Xitoyning Temu internet-do‘konini jarimaga tortmoqchi
10:10 / 28.10.2024
Yevroittifoq Gurjistonda saylovlardagi qonunbuzarliklarni tekshirishga chaqirdi
11:00 / 16.10.2024