Toshkentda chiqindilarni elektr va issiqlik energiyasiga aylantiruvchi zavod qurilishi mumkin
4 avgust kuni Toshkent shahar hokimligida Italiyaning Waste to energy kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu shirkat kuniga 1200 tonna qattiq maishiy chiqindilarni elektr va issiqlik energiyasiga aylantiruvchi zavod qurishni taklif etmoqda. Ishlab chiqarishda ishlatiladigan ilg‘or texnologiyalar zavodning aholi punktlari va maktablar yaqinida xavfsiz ishlashiga imkon beradi. Kelajakda kelib tushayotgan xom ashyolardan eko-mahsulotlar (plastik paketlar, bir marta ishlatiladigan idishlar, mebel) ishlab chiqarish ko‘zda tutilmoqda.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha istiqbolli hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Bunday komplekslarning qurilishi kelgusi avlod uchun toza va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratadi.
Mavzuga oid
14:04 / 22.09.2024
Toshkentda katta tezlikda harakatlangan haydovchi 19 yoshli qizning hayotiga zomin bo‘ldi
07:30 / 21.09.2024
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
14:28 / 20.09.2024
Sergelida BYD urib yuborgan o‘quvchi qiz vafot etdi
12:20 / 20.09.2024