Haydovçi “Maşinamga ölik ortmayman”, deb hali tirik bölgan qizni şifoxonaga olib borişdan boş tortgan. Oqibatda tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgunça qiz jon bergan.

Toşkentda katta tezlikda harakatlangan “Jyentra” maşinasi piyodalar yölakçasidan ötayotgan qizni urib yuborgan. Oqibatda oğir tan jarohatlari olgan qiz hodisa joyida halok bölgan.

Hodisa 18 sentabr kuni soat 11:30 larda Şayxontohur tumani Samarqand darvoza va Abu Ali ibn Sino köçalari kesişmasida sodir bölgan.

2005 yilda tuğilgan qiz öziga yöl oçiq bölgan paytda piyodalar yölakçasidan ötayotganda katta tezlikda harakatlanib kelgan “Jyentra” uni urib yuborgan. Oqibatda 19 yoşli qiz oğir tan jarohati olib hodisa joyida halok bölgan. “Jyentra” boşqaruvida 1996 yilda tuğilgan yigit bölgan.

Hodisa guvohlarining sözlariga köra, qiz maşina urib yuborgandan söng bir muddat tirik bölgan. “Jyentra” haydovçisi uni kasalxonaga olib borişdan boş tortgan. Tez tibbiy yordam maşinasi yetib kelgunça u jon bergan.

“Odam urib ketdi deyişdi. Jonholatda pastga tuşdim. Kelib qarasam qiz oğir ahvolda yotgan ekan. Haydovçiga kötar, yordam ber, dedim. U bölsa qölida çilimini kötarib olgan, “maşinamga ortmayman”, deb javob berdi. Biroz ötib qiz jon berdi. Haydovçi juda katta tezlikda kelgan. Men ikkinçi qavatdan tuşib, to buyoqqa kelgunimça qiz tirik edi. Keyin 5 minutdan söng jon berdi. Tez yordam maşinasi keyin keldi”, deydi hodisa guvohlaridan biri.

“Nimadir aylanib uçib tuşdi, pastga tuşib kelib qarasam qiz ekan. Maşina Oqtepa tarafdan katta tezlikda kelgan. Haydovçi 70-80 km tezlikda yurdim dedi, lekin men işonmadim. Çunki 70-80 km tezlikda yursa, bunça qattiq zarb bilan urmasdi. Maşina juda tez bölgan va zarba oqibatida qiz 15 metrga uçib ketgan. “Jyentra” esa svetofor va elektr liniyasi ustuniga borib urilgan”, deydi boşqa bir guvoh.

“Haydovçi qizni urib yuborgandan söng maşinasidan tuşdi-da, “ölikni maşinamga ortmayman”, dedi. Haydovçida afsuslaniş ham yöq edi. Agar u zudlik bilan yordam berganda balki qiz tirik qolarmidi”, deydi hodisa guvohi.

“Fariştaday qizimning boşini yedi. Insof, vijdoni yöq ekan. Ota-onasi ta’ziyaga kelib bir oğiz köngil söramadi. Yigit ozodlikda yurganmiş. Ertaga özining öligi köçada xor bölsin. Yigitga qonuniy jazo berilişini xohlayman, deydi qizning otasi.