Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mashinasini sotishni aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
Namangan viloyatida yashovchi U.Yu. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 13 mln so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.
Kiberxavfsizlik markazi xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi K.M. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan K.M. e’lonlar platformasida Nexia avtomashinasini arzon narxda sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan. Bu e’longa ishongan jabrlanuvchi U.Yu. bilan telefon orqali gaplashib, unga avtomashinani 18 oy muddatga bo‘lib to‘lash yo‘li bilan 8000 dollarga sotishini aytgan.
So‘ng oldindan 1000 dollarni o‘tkazib berishini, keyin avtomashinani unga jo‘natib yuborishini aytib, oldindan uning 13 mln so‘m miqdoridagi pullarini o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kiritib qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan K.M.ga nisbatan JKning 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
19:04 / 20.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
09:08 / 20.03.2026
Toshkent shahri yashash va ovqatlanish xizmatlarida yetakchi bo‘ldi
08:35 / 20.03.2026