Toşkent şahrining Sergeli tumanidan ötgan yölda 19 sentabr, payşanba kuni piyoda iştirokida yöl-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berdi Kun.uz manbasi.

Ma’lum bölişiça, Sergeli yöli şohköçasida avtobus belgilanmagan joyda yölovçilarni tuşirib qoldirgan. Öz yönalişida harakatlanib kelgan, davlat raqami belgisi 01 444 VFA bölgan BYD Song Plus avtobus oldidan yölning belgilanmagan joydan kesib ötayotgan öquvçi qizni urib yuborgan. Kun.uz’ga yuborilgan videotasvirlarda BYD’ning tezligi şaharda ruxsat etilganidan yuqori ekanligi (taxminan, soatiga 75-80 km) körinadi.

Qizning ahvoli hozirça ma’lum emas.

Kun.uz holatga aniq kiritiş uçun poytaxt IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganovga boğlandi, biroq savollarga javob olişning imkoni bölmadi.

Avvalroq Navoiy viloyati Xatirçi tumanida 2-sinf öquvçisi piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotganida uni juda katta tezlikda harakatlangan BYD maşinasi turtib ötib ketgan, qizça piyodalar yölakçasiga yiqilgan paytda esa uni soatiga 142 km tezlikda ketayotgan boşqa bir BYD maşinasi bosib ötib ketgandi. Oqibatda, oğir tan jarohatlari olgan qizça voqea joyida halok bölgan.

Ikkala haydovçiga Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan va ularga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangandi.