Toşkent şahar Sergeli tumanida yuqori tezlikda harakatlangan BYD elektromobili öquvçi qizni urib yuborgani yuzasidan Toşkent şahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi.

Ta’kidlanişiça, hodisa 19 sentabr kuni soat taxminan 13:45 larda Fayzli Toşkent köçasida sodir bölgan. Avtobusdan tuşib, yölning belgilanmagan qismidan kesib ötmoqçi bölgan 9 yoşli qizni (2015 y.t.) davlat raqami 01 444 VFA bölgan BYD Song Plus elektromobili urib ketgan.

Qiz tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib borilgan vaqtda vafot etgan, deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan BYD haydovçisi M.A.ga (1983 y.t.) nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş”) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Senat 2024 yilning dastlabki beş oyi davomida 65 nafar öquvçi halok bölgani, 294 nafar öquvçi esa turli darajada tan jarohati olganini ma’lum qilgandi.